Перейти к содержанию

Qanday qilib fuqarolikni saqlab qolgan holda armiya safiga qo‘shilmaslik mumkin

2024-yil 8-avgust kuni, dastlabki harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiyatni bajarmaganligi uchun, ega bo‘lingan fuqarolikdan mahrum qilishga imkon beruvchi qonun kuchga kirdi. Ichki Ishlar Vazirligi fuqarolikka qabul qilinishi haqida qaror bo‘lgan va qasamyod marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan erkaklar haqida ma’lumot taqdim etishi shart qilib belgilandi. Fuqarolikka ega bo‘lgan paytdan boshlab 2 hafta ichida harbiy hisobga turish kerak.

Qonundagi o‘zgarishlar doirasidagi savollarga javoblarni jamladik.

Agar men ro‘yxatga tursam, armiyaga olinamanmi

Haqiqatdan ham armiyani to‘ldirish uchun harbiy hisob kerak. Tug‘ilganida fuqarolikka ega bo‘lgan erkaklarni 16-17 yoshda hisobga qo‘yishadi va qayd etish guvohnomasini berishadi. Bu guvohnomasiz oliy o‘quv yurtiga, kollejga kirolmaysiz va ko‘pincha ishga joylasha olmaysiz. 18 yoshdan 30 yoshgacha erkaklar muddatli xizmatga chaqiriladi, zaxiraga o‘tkazilgandan keyin va 52 yoshgacha harbiy yig‘inlarga chaqirilishlari va mobilizatsiya qilinishlari mumkin.

Shu bilan birga hisobda turgan hamma ham armiyada xizmat qilmaydi. Sog‘liq sababli ozod bo‘lish, o‘qish, oilaviy vaziyatlar yoki ish joyi tufayli harbiy xizmatni kechiktirish imkoniyatini olish yoki vijdon e’tiqodi asosida harbiy xizmatni muqobil fuqarolik xizmati (bundan keyin - MX Muqobil Xizmatlar) bilan almashtirish mumkin.

Shartnoma tuzmaslik mumkinmi?

Urush olib borish maqsadida odamlar ommaviy ravishda shartnomaviy xizmatga yo‘llanmoqda.

Esda tutish kerakki,shartnoma tuzish faqat ixtiyoriy ravishda bo‘lishi lozim.Siz hech qanday oqibatlarsiz buni rad etishingiz mumkin, fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi tahdidlar esa - yolg‘on.

Sizga qanday muddat taklif qilishmasin, barcha shartnomalar urush tugaguniga qadar amal qiladi. Ishdan faqat mayib bo‘lganingizda, qamoqqa tushganingizda yoki 65 yoshga to‘lganingizdan so‘nggina ketishingiz mumkin.

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar nimani e’tiborga olishlari kerak

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv 1-oktyabrdan 31-dekabrgacha va 1-apreldan 15-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Chaqiruv davrida majburiy ushlash xavfi mavjud. Bunday holatda, sizni zo‘rlik bilan ro‘yxatga olib, “bir kunga” armiyaga jo‘natishga urinishlari mumkin. Bu o‘zboshimchalik hisoblanadi, biroq bunga tayyor turish lozim.

Istalgan vaqtda, ammo xavfsizroq vaqt - chaqiruvlar orasida, hisobga turish va darhol harbiy xizmatdan ozod qilish yoki uni kechiktirish uchun asoslar hamda xizmatga mos kelmaydigan e’tiqodlar va uni muqobil xizmatga almashtirish talabi to‘g‘risida ma’lum qilish mumkin.

Muqobil xizmat —harbiy xizmat o‘rniga, masalan kasalxonada bajarilishi mumkin bo‘lgan, ish haqi, dam olish va ta’tillar bilan ta’minlangan mehnat shartnomasi bo‘yicha ish. Xizmat 21 oy davom etadi, lekin siz u yerga uydan chiqib ketasiz va har kuni uyga qaytib kelasiz. Sizga muqobil xizmatni darhol ma’qullashmagan taqdirda ham, siz chaqiruv tadbirlaridan himoyalanishingiz mumkin.

30 yoshdan kattalar nimani e’tiborga olishlari kerak

Hozirda mobilizatsiya bo‘yicha chaqiruvlar yo‘q. Agar sizga sizni mobilizatsiya qilishmoqchiligini aytishsa, bu – sizni shartnomaga ko‘ndirish uchun ishlatilgan yolg‘on

Mobilizatsiya bo’yicha chaqiruv xohlagan paytda yangilanishi mumkin. Ro‘yxatga olinganingizdan keyin, agar sizni mobilizatsiya qilishmoqchi bo‘lishsa, darhol harbiy xizmatdan ozod qilinish yoki kechiktirish uchun asoslar va harbiy xizmatga qarshi e’tiqodlar haqida ma’lum qilish va uni muqobil xizmatlar bilan almashtirishni talab qilish kerak. Mobilizatsiya paytida muqobil xizmat bu konstitutsion huquq, lekin bu xizmat qanday o‘tishini belgilaydigan qonun yo‘q. Bu huquqda qat’iy turganlarni urushga yuborilmasliklari kerak.

Agar siz Tojikistonda harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsangiz

Sizni Rossiya Federatsiyada muddatli xizmatga chaqirishlari mumkin emas, lekin mobilizatsiya qilishlari mumkin.

Men mamlakatdan chiqib keta olamanmi

Qonun bo‘yicha mamlakatdan chiqib ketishni chaqiriqnoma (povestka) berilgan harbiy xizmatga majburlarga cheklanishi mumkin. Texnik jihatdan buni hozircha ommaviy tarzda amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Bugungacha biz harbiy hisobda turmagan odamlarga yoki chaqiriluvchilarga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlanganini uchratmadik.

Qanday qilib yordam olish mumkin

Bizning ishonch telefonimizga yozing. Bu bepul va anonim tarzda.

Harbiy xizmatdan bosh tortish asoslarini tushunib olishga, hisobga qo‘yishga tayyorlanishga va muqobil xizmatga erishishga yordam beramiz.

Agar noqonuniy chaqiruvga yoki muqobil xizmatga rad javobiga qarshi sudga shikoyat qilish zarur bo‘lsa, advokat topamiz va lozim bo‘lsa, uning xizmati uchun mablag‘ yig‘amiz.