Перейти к содержанию

Reyd: agar sizni politsiya harbiy komissariat(voyenkomat)ga olib ketayotgan bo‘lsa, qanday himoyalanish mumkin

o’zbek / на узбекском

2024-yil apreldan politsiyachilar ko‘pincha migrantlar va Rossiya fuqaroligini olgan odamlarni ommaviy ravishda hibsga olishyapti. Kimni mumkin bo‘lsa, shartnomaga yollashyapti. Rossiya Federatsiyasi pasportiga ega odamlarni majburan harbiy ro‘yxatga olishyapti,chaqiruv kampaniyasi davomida esa 30 yoshga to‘lmaganlar “bir kunlik” muddatli xizmatga yuborilishi mumkin.

Reydlarni OMON(Maxsus vazifalar bo‘yicha militsiya otryadi) yoki Rosgvardiya to‘liq qurollangan holda aeroport va vokzallarda, yotoqxona va bozorlarda, hatto masjid va dam olish joylarida olib boryapti. Qonunga ko‘ra qurolli kuchlarda shaxsiy yoki ommaviy joylarga bostirib kirish va fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun jiddiy asoslar bo‘lishi kerak. Va bu asosi hech qanday holatda ro‘yxatga olish emas. Biroq o‘zboshimchaliklar yuz bermoqda, va Rossiyaga ko‘chib kelgan odamlarda bu bilan to‘qnashishi ehtimoli ko‘p.

Bu maqolada — reydga tushgan bo‘lsangiz o‘zingizni qanday tutishingmish mumkinligi haqida yozilgan.

Agar politsiya ushlab tursa

Qonunga ko‘ra

Politsiya xodimlari chaqiruv qog‘ozi(povestka)ni berishlari yoki agar aniq bir shaxs migratsiya qonunchiligini yoki harbiy ro‘yxatga olish qoidalarini buzgan bo‘lsa, uni politsiya bo‘limiga olib borishlari huquqiga ega. Masalan, ilgari topshirilgan chaqiruv qog‘ozi yoki hisobga qo‘yish uchun yo‘llanma bo‘yicha kelmagan taqdirda.

Sizni harbiy komissarlikka(voyenkomatga) olib borishga haqlari yo‘q.

Hujjatlarni ommaviy tekshirish ham qonunga xilof, ammo biz bu turdagi o‘zboshimchalikni ko‘pdan beri kuzatamiz va unga qarshi turish qiyinligini tushunamiz.

Aslida esa

  1. Avval hujjatlar tekshiriladi. Navbatma-navbat har bir kishini yoki barchani bir joyga to‘plab, tekshirish uchun olib ketishadi. Shu bilan birga, odamlarni avtobusga qamab qo‘yishlari yoki chiqish yo‘lini to‘sib qo‘yishlari yoki shunchaki ketmaslikni aytishlari mumkin.

  2. Ko‘pincha hujjatlari joyida bo‘lganlarni qo‘yib yuborishadi Rossiya Federatsiyasi pasportiga ega bo‘lmagan odamlar - agar mamlakatda bo‘lish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lsa. Rossiya Federatsiyasi pasportiga ega bo‘lgan odamlarda - pasportda harbiy ro‘yxatga olinganlik haqida belgi yoki harbiy ro‘yxatga olish hujjati: ro‘yxatga olish yoki harbiy chipta bo‘lgan taqdirda.

  3. Eng yaxshi holatda - ro‘yxatga olinmagan fuqarolarga chaqiruv qog‘ozi yoki ro‘yxatga olish uchun yo‘llanma beriladi Bu har doim ham bo‘lavermaydi, lekin buni talab qilish mumkin.

  4. Eng yomon holatda politsiya bo‘limiga yoki harbiy komissariatga olib borishadi. Politsiyaga ko‘pincha Rossiya Federatsiyasi pasporti bo‘lmagan va hujjatlarida kamchiliklari bor shaxslarni olib borishadi, qolganlarni esa harbiy komissariatga olib ketishadi.

O‘zini qanday tutish kerak

Rossiya Federatsiyasi pasportingiz bor bo‘lsa-yu, lekin harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, darhol chaqiruv qog‘ozi yoki kelajakdagi sana uchun ro‘yxatga olish yo‘llanmasini berishlarini talab qiling. Ilgari bu majburiyat haqida sizga hech kim aytmaganini, endi esa buni bilganingizni va yashash joyingizdagi harbiy komissariatda ro‘yxatdan o‘tishni zimmangizga olishingizni aytishingiz mumkin.

Agar sizni ushlab olib, olib ketmoqchi bo‘lishsa, mana yana nima qilish mumkin.

  1. Qochib ketishga urinish Agar sizni tutib olishsa, buni politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik deb qaralishi mumkin. Jazo — Ma’muriy Huquqbuzarlik Kodeksining 19.3-moddasiga ko‘ra jarima yoki 15 sutkagacha qamoqqa olish. Shuningdek, javoban noqonuniy zo‘ravonlik qo‘llanilishi ham mumkin.

    Boshqa usullar bilan ham zo‘ravonliksiz qarshilik ko‘rsatish mumkin. Asosiysi zo‘ravonlik ishlatmaslik - buning uchun Jinoyat kodeksining 318-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan.

  2. Yaqinlar va tanishlaringizga xabar berish. Shuningdek, bizning ishonch telefonimizga yoki boshqa inson huquqlarini himoya qiluvchi tashabbuslariga xat yozing.

  3. Politsiyachilarning jeton raqamlari va ism-familiyalarini bilib olish va yozib olish.

  4. Audio va video yozib olish. Yaxshisi sezdirmay.Zo‘ravonlik sodir bo‘lsa, iloji boricha hamma narsani hech bo‘lmaganda matn shaklida yozib olishga harakat qiling.

  5. Hech narsani imzolamaslik. Kelgusi sanalarda hisobga qo‘yish chaqiriqnomasidan tashqari.

Bo‘limda/harbiy komissariat(voyenkomat)da

Rossiya Federatsiyasi pasportisiz shaxslarni ko‘pincha politsiyaga, qolganlarni harbiy komissariat(voyenkomat)ga olib ketishadi.

Shartnomani imzolamang

Pasportingiz bor-yo‘qligidan, harbiy ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganligingizdan qat’i nazar, sizga shartnoma tuzishni taklif qilishlari mumkin. Qurolli kuchlar reydlar natijasida bir vaqtning o‘zida deyarli 100 ta shartnoma tuzishga erishayotganlarini ma’lum qilmoqdalar. Bu jarayon aynan qaysi bosqichda sodir bo‘layotganini bilmaymiz. Agar sizda bunday ma’lumot bo‘lsa, iltimos, bizga xabar bering. Yollanishga qarshi turish usullari quyidagicha.

  1. Shartnoma asosidagi xizmat faqatgina ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Siz undan hech qanday muammosiz voz kechishingiz mumkin, har qanday tahdid esa shunchaki yolg‘ondir.

  2. Sizga qanday muddat taklif qilishmasin, barcha shartnomalar urush tugaguncha amal qiladi. Xizmatdan faqat mayib bo‘lganingizda, qamoqqa tushganingizda yoki 65 yoshga to‘lganingizdan keyingina bo‘shashingiz mumkin.

  3. Fuqaroligi bo‘lmaganlarga uni olishda imtiyozlar va’da qilinmoqda. Bu imtiyozlar haqiqatda ham mavjud, lekin sizni haqiqiy urushga jalb etishmoqda, u yerda halok bo‘lish xavfi bor. Agar sizga front ortida xizmat qilish yoki qurilishda ishlashni va’da qilsalar ham, bu va’dalarning bajarilishiga hech qanday kafolat yo‘q.

  4. Fuqaroligi borlarni shartnomani imzolamaganligi uchun fuqarolikdan mahrum qilish bilan qo‘rqitishlari mumkin. Agar siz harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ba’zan bu tahdidlar amalga oshiriladi. Qaror sizniki, lekin marhumlarga fuqarolik kerak bo‘lmaydi.

  5. Fuqaroligi borlarni shartnomani imzolamaganligi uchun fuqarolikdan mahrum qilish bilan qo‘rqitishlari mumkin. Agar siz harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ba’zan bu tahdidlar amalga oshiriladi. Qaror sizniki, lekin marhumlarga fuqarolik kerak bo‘lmaydi.

  6. Agar siz shartnomani imzolab, keyin fikringizni o‘zgartirsangiz, hali ham hech narsa yo‘qotilgan emas. Shartnomani amalda bajarmang va iloji boricha tezroq bizga yozing.

Agar majburiy ravishda ro‘yxatga olingan bo’lsangiz

Agar sizda Rossiya Federatsiyasi pasporti bo‘lsa-yu, ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, sizni majburan ro‘yxatga olishga urinishadi. Bunday vaziyatda quyidagicha harakat qilishingiz mumkin.

  1. Ro‘yxatga olish uchun chaqiruv qog‘ozi yoki yo‘llanma talab qiling Bu sizga tayyorgarlik ko‘rishingiz uchun zarur: sog‘lig‘ingiz holati haqidagi hujjatlarni to‘plashingiz, o‘qish va ijtimoiy vaziyatlar sababli kechiktirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishingiz, muqobil fuqarolik xizmatiga ariza to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

  2. Agar yoshingiz 30 dan oshgan bo‘lsa, harbiy hisobga turishingiz mumkin Agar sizni qo‘yib yuborishmasa, harbiy hisobga qo‘yilishga rozilik berishingiz mumkin. Tibbiy ko‘rikda sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq barcha shikoyatlarni aytib bering, imkon bo‘lsa - tibbiy hujjatlarni taqdim eting. Natijada sizni zaxiraga olishlari kerak.

  3. Agar yoshingiz 18 dan 30 gacha bo‘lsa, iloji boricha tibbiy ko‘rikdan va harbiy chaqiruv komissiyasidan o‘tishga rozilik bermang Bu keyinchalik sizni “bir kunlik” tartibda armiyaga chaqirib olishning oldini olish uchun zarur. Tahlillar topshirish va diagnostika o‘tkazish uchun yo‘llanmalar hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun chaqiruv qog‘ozini berishlarini talab qiling.

Agar armiyaga “bir kunlik” chaqiruv bo‘lsa

Agar pasportingiz bo‘lsa, yoshingiz 18 dan 30 gacha bo‘lsa va sizni harbiy chaqiruv davrida, ya’ni 1-oktyabrdan 31-dekabrgacha yoki 1-apreldan 15-iyulgacha ushlashgan bo‘lsa, sizni armiyaga “bir kunlik” tartibda chaqirishlari mumkin. Majburiy chaqiruvga qarshi turish uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.

“Bir kunlik” chaqiruv qonunga xilof bo‘lsa-da, bu amaliyot, ayniqsa Moskvada, juda keng tarqalgan. Harbiy komissarlikdan yoki Yagona chaqiruv punktidan sizni yig‘ilish punktiga, u yerdan esa harbiy qismga olib borishadi. U yerga tushib qolmaslik uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiling.

  1. Chaqiruv to‘g‘risidagi qarorga norozilik arizangizni yozing, ushlab turishni to‘xtatishni talab eting va sud himoyasi huquqingizda qat’iy turing.

  2. Yig‘ilish punktida tibbiy ko‘rikdan voz keching, harbiy kiyim kiymang, sochingizni oldirmang, harbiy chipta va jeton uchun imzo qo‘ymang. Sizni jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitishadi, ammo bu sizga xavf solmaydi, ularga bo‘ysunmang.

  3. Tishlab olish, tirnoq bilan timdalash yoki mushtlashish mumkin emas. Aks holda, hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish aybi qo‘yilishi mumkin. Bu Jinoyat kodeksining 318-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilishga olib keladi.

  4. Siz qamoqda emassiz va ketishingiz mumkin. Bundan so‘ng, agar chaqiruv to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lsa, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligingiz uchun, albatta bu qarorga shikoyat berishingiz kerak. Agar pasportingizni olib qo‘yishgan bo‘lsa, xavotirlanmang - chaqiruvdan keyin uni qayta tiklaysiz.

  5. Tanishlaringiz yordamida chaqiruv komissiyasi qarorini yuqori turuvchi komissiyaga, yuqori komissiya qarorini esa sudga shikoyat qiling. Shunday qilsangiz, armiyaga borishdan bosh tortish uchun qonuniy asosga ega bo‘lasiz. Buni qanday amalga oshirish haqida yo‘riqnoma mavjud.

Shundan So‘ng

Sizni qo‘yib yuborishganidan so‘ng, vaziyatga qarab, politsiya va harbiy komissarlik(voyenkomat)ning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishingiz mumkin:

  • Agar siz shartnomani aldov va tazyiq ostida imzolagan bo‘lsangiz, uni darhol bekor qilishga harakat qiling.
  • Armiyaga yuborish uchun chaqiruv qog‘ozingiz bo‘lsa, harbiy xizmatga chaqirilish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qiling va o‘zingizni himoya qilish choralarini ko‘ring.
  • Agar yoshingiz 18 dan 30 gacha bo‘lsa, harbiy xizmatga chaqiruvdan himoyalanish rejasini tuzib qo‘ying.
  • Harbiy komissarlikdan yoki yig‘uv punktidan qochib ketgan bo‘lsangiz, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlikdan qoching.

Yordam so‘rab murojaat qiling

@agsnowarbot ga yozing.

Ovozli xabar yuborishingiz yoki o‘z tilingizda yozishingiz mumkin. Agar sizni hozir ushlab turishgan bo‘lsa, tezda javob berishga harakat qilamiz. Yoki ro‘yxatdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishingizga, hozirgina imzolangan shartnomani bekor qilishga, yoxud politsiya va harbiy komissariat(voyenkomat)ning xatti-harakatlariga shikoyat qilishingizga yordam beramiz.

Peterburgda politsiya bilan munosabatlar to‘g‘risida “PSP-fond”ning axborot risolasi. Hududingizdagi shunga o‘xshash idoralar va tashabbuslarning kerakli telefon raqamlarini topib oling.