Перейти к содержанию

Shartnoma asosida yollash

Shartnoma tuzish — ixtiyoriy

Hech kimning bunga majburlashga haqqi yo‘q. Hech kimning bunga majburlashga haqqi yo‘q. Lekin afsuski, 2025-yil noyabr oyidan boshlab 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ko‘plab erkaklar faqat uchta holatda yashash guvohnomasi (VNJ) yoki Rossiya Federatsiyasi pasporti uchun hujjat topshirishlari mumkin: agar shartnoma imzolashsa, agar ularni salomatligi bo‘yicha shartnomaga yaroqsiz deb topishsa yoki ilgari Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlarida xizmat qilgan bo‘lishsa.

Shartnoma muddatsiz. Undan bo‘shab ketish juda ham qiyin

Hozir uch sababga ko‘ra bo‘shab ketish mumkin: 65 yoshga to‘lish, shikastlanish yoki nogiron bo‘lib qolish yoki qamoqqa o‘tirish. Agar shartnomani cheklangan muddatga tuziladi deyishsa, bu unday emas.

Urush shartnomasi aldov bilan tuziladi

“Xavfsiz” ishni , masalan, quruvchilikni, taklif qilishlari, shartnoma imzolangandan keyin esa shturmoviklarga o‘tkazishlari mumkin.

Fuqarolik evaziga shartnoma tuzishga majbur qilishadi

Afsuski, bu amaliyot 2025-yil noyabr oyida ko‘plab chet elliklar uchun qonuniylashtirildi — lekin hammasi uchun emas.

Ommabop asoslar bo‘yicha hujjat topshirayotgan ko‘plab erkaklarga shartnoma imzolamasdan hujjatlarni qabul qilishni rad etishlari mumkin. Fuqarolik uchun: 5 yildan ortiq yashash, qarindoshlarning mavjudligi, bolalikda fuqarolikning tugatilganligi — Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 15-moddasi 1-qismi, 16-moddasi 2-qismi 3-5-bandlari, 7-qismi. Yashash guvohnomasi (VNJ) uchun: RVP bilan bir yildan ortiq yashash, qarindoshlar, ilgari fuqarolardan chiqqanlik — Chet elliklarning huquqiy holati to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasi 1-bandi, 2-bandi 4, 12, 23-kichik bandlari.

O‘zgarishlar VNJ yoki fuqarolikni olishning boshqa asoslariga ta’sir qilmaydi:

  • Ilgarigidek, Qozog‘iston, Moldova, Ukraina fuqarolari shartnoma imzolamasdan VNJ uchun hujjat topshirishlari mumkin.
  • Fuqarolik uchun — universitet bitiruvchilari orasidan a’lochilar yoki Rossiyada ta’lim olgan va mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotganlar.
  • Farmon Belarus fuqarolariga umuman daxldor emas.
  • Agar siz Donetsk yoki Lugansk viloyatidan bo‘lsangiz, ushbu hududlar «RF tarkibiga qabul qilingan» kundan boshlab Rossiya fuqarosi hisoblanasiz — Qabul qilish to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi. Harbiy komissariatda sizni aldamoqchi bo‘lib, shartnoma imzolashga majburlashlari mumkin.

Agar qonun sizga daxldor bo‘lsa, lekin hayotingiz Rossiya bilan bog‘langan bo‘lsa, nima qilish kerak?

  1. Shartnomaning muddati borligiga ishonmang. Ko‘pchilikni bir yil xizmat qilib, oilasi bilan qonuniylashib olish g‘oyasi qiziqtiradi, lekin qonunga ko‘ra, safarbarlik rasman tugatilmagunicha barcha shartnomalar muddatsizdir.
  2. Shunchaki hujjatlarni qabul qilishni rad etish emas, balki shartnoma imzolashga majbur qilish uchun tazyiq, do‘q-po‘pisa va zo‘ravonlik xavfi yuqori.
  3. Shartnoma uchun salomatlik bo‘yicha yaroqsizlik haqidagi ma’lumotnomaga umid qilmaslik kerak. Hamma ketma-ket, hatto og‘ir kasalligi bor odamlar ham yaroqli deb topilmoqda. Tanlov punktida bo‘lganingizda, yaroqsizlikka umid qilganingizni tushuntirish va shartnomaviy xizmatdan bosh tortish qiyin bo‘ladi.

Agar VNJ yoki fuqarolik uchun asoslaringizga daxl qilinmagan bo‘lsa, lekin hujjatlarni qabul qilishmasa, nima qilish kerak?

Hujjatlarni qabul qilish rad etilgani haqida yozma javob talab qiling, iloji bo‘lsa xodimlarning ismi, familiyasi va lavozimlarini yozib oling hamda bepul yuridik yordamga murojaat qiling. Agar shartnomaviy xizmat haqida anketani to‘ldirishga majbur qilishsa, unda «tayyor emasman» deb yozish mumkin (javoblar tanlov uchun taklif etiladi, shakli standart). Boshqa hech narsa yozmang. Shuningdek, boshqa kuni kelishga harakat qilish mumkin — ba’zi joylarda hammasi xodimga bog‘liq va boshqa odam hujjatlarni muammosiz qabul qilishi mumkin.

Tilni bilmasdan shartnoma tuzdi

Harbiy xizmat to‘g‘risidagi 33-moddaga muvofiq, shartnoma asosida harbiy xizmatga kirgan chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasining davlat tilini bilishi kerak. Mobilizatsiya davrida ham bu talabdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2024-yil 22-avgustda sud birinchi marta harbiy xizmat shartnomasini daniyalik bilan uning tilini bilmasligi sababli bekor qildi.

Agar siz shartnomaga yollangan chet elliklarni bilsangiz va ular boshqa urushda qatnashishni istamasa, ularga @agsnowarbot havolasini bering.